"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 27-mart kuni 2-Mis boyitish fabrikasida jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek, ishchi-xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida og‘ir jinoyatlar, suitsid holatlari va oilaviy ajrimlarning sabablaridan biri bo‘lgan onlayn qimor o‘yinlarining salbiy oqibatlari hamda yoshlarning turli zararli g‘oyalarga berilib ketishining oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi alohida ta’kidlandi.
Mazkur davra suhbatida Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB Tergov bo‘linmasi katta tergovchisi Azizxon Rasuliy, tergov bo‘linmasi xodimi Murod Xusanov, Fuqaro muhofazasi vakili Gʻulom Iskandarov hamda 2-MBF boshlig‘ining tartibot va TMBB bo‘yicha o‘rinbosari Iskandar Shamsiyev ishtirok etishdi.
Tadbir davomida 2-Mis boyitish fabrikasi xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.
O‘ktam Bekmatov,
2-MBF Yoshlar ittifoqi raisi