• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

ATB yoshlari Samarqand avtomobil zavodiga borishdi

30 May 2022, 15:33 1526

OKMK rahbariyati tomonidan har doim yosh mutaxassislarning kasb malaka ko‘nikmalarini oshirishlari, o‘qishlari, yangi g‘oyalarini va loyihalarni amaliyotga tatbiq etishlari uchun sharoit yaratib berishgan.

OKMK Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan doimiy ravishda kombinat yoshlari uchun mamlakatimizdagi qator sanoat korxonalarida ishlab chiqarish ekskursiyalari ham tashkil etib kelinmoqda. Ushbu eskursiyalarning tashkil etilishidan asosiy ko‘zlangan maqsad yoshlarning sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini boyitish, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar asosidagi ishlab chiqarish jarayonlarini bilan tanishtirishdan iborat.

Ana shunday ekskursiyalardan navbatdagisi Avtomobil' transport boshqarmasi yoshlari uchun  Samarqandda joylashgan “Samavto” MChJga tashkil tildi.

Ekskursiya davomida kombinat yoshlari mazkur korxonada ishlab chiqarilayotgan “Isuzu” avtobuslari va yuk mashinalarining ishlab chiqarish jarayoni, texnologiyalari, korxona tarixi bilan yaqindan tanishdilar.

Xom-ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan yoshlarda korxona katta tassurot qoldirdi.

Mazkur korxona xorijning yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan yuqori texnologiyali uskunalari bilan jihozlangan. Ishlab chiqarish jarayoni to‘liq raqamlashtirilgan.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech