Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 21-22 iyul kunlari OKMK Avtomobil transporti boshqarmasida bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashish uchun navbatdagi sinov jarayonlari o‘tkazildi.
Quyidagi boʻsh ish oʻrinlariga onlayn tarzda hujjatlar qabul qilindi: BelAZ yuk avtomobillari, yuk va yengil avtomobillar, avtobuslar, buldozerlar, yuk koʻtaruvchi va avtogreyder haydovchilari.
Talabgorlar tomonidan elektron pochta manziliga jami 665 ta rezyume yuborildi.
“Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa’di Shermatov rahbarligida o‘tkazilgan nazariy test sinovlariga 291 nafar nomzod qabul qilindi.
Ishtirokchilar sinovlar davomida shablon yechishdi, savollarga yozma javob berishdi.
Test sinovlarini ochiq va oshkora tashkil etish va o‘tkazish maqsadida jarayonda OKMKning malakali mutaxassislaridan iborat maxsus tanlov komissiyasi ishtirok etdi. Tanlov jarayonlari videokuzatuv ostida o‘tdi.
Tanlovning ikki bosqich natijalariga ko‘ra, eng yaxshi natija ko‘rsatgan nomzodlar saralab olindi. Saralab olingan nomzodlar tegishli hududlardagi ATB tarkibiy bo‘limlariga ishga tavsiya etiladi.
Axborot xizmati