• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Audit tekshiruvida 187ta qoida buzilishi aniqlandi

06 Aprel 2022, 8:49 1456

Joriy yilning 8-18- mart kunlari OKMK Ijro apparati Mehnat muhofazasi va Sanoat xavfsizligi bo‘limi mas'ullari tomonidan Texnologik transport boshqarmasida nazorat audit tekshiruvi o‘tkazildi.

Audit tekshiruvi davomida BelAZ  va o‘ziag‘dargich transport vositalarining texnik holati ham tekshirildi.

Teshiruv davomida boshqarmadagi mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi, xavfsizlik texnikasi holati, ishchi-xodimlarga yaratilgan ish sharoitlari, ularning shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanganligiga e'tibor qaratildi.

Tekshiruvda boshqarmada mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi qoida va me'yorlariga rioya qilinishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Tekshiruv natijasida jami bo‘lib 187ta qoidabuzilish aniqlandi. Ularning 132tasi tashkiliy, 55tasi esa texnikaviy qoidabuzilishlar sirasiga kiradi.

Audit tekshiruvida aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Qoidabuzilishlarga yo‘l qo‘ygan mas'ullarga intizomiy jazo qo‘llanilishi belgilandi.

Iroda Almatova,

OKMK Ijro apparati MM va SX  bo‘limi muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech