• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Avariyalar va noxush hodisalarning oldini olish - xavfli ishlab chiqarish ob'yektlarining barqaror ishlash kafolatidir"

21 Aprel 2022, 10:21 1210

28 aprel  – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida “Avariyalar va noxush hodisalarning oldini olish - xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarining barqaror ishlash kafolatidir"shiori ostidagi tanlovga 1 aprel kuni start berildi. Tanlov 22 aprelga qadar davom etadi.

Tanlov doirasida zavodning sex va bo‘linmalarida  o‘quv taktik mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Ana shunday taktik mashg‘ulotlardan biri joriy yilning 18 aprel kuni zavodning ma'muriy maishiy binosida o‘tkazildi.

Mashg‘ulot ssenariysiga ko‘ra, sodir bo‘lgan zilzila oqibatida binoning ichki tomonidagi zinalar qulab tushgan va bir nafar ishchi ichkarida qolib ketgan.

Zudlik bilan zavodda sirena chalinib, fuqaro muhofazasi otryadi qutqaruv ishlarini amalga oshirish maqsadida saf tortishdi. Dastlab, razvedka guruhi sex binosini ko‘zdan kechirib, vaziyat haqida fuqaro muhofazasi boshlig‘iga tezkorlik bilan ma'lumot berdi.

Shundan so‘ng, voqea joyiga zudlik bilan avariyaviy-texnik komandasi kirib, nosozliklarni bartaraf etdi. Zilzila natijasida jabrlangan ishchi xavfsiz joyga evakuasiya qilinib, unga birinchi tibbiyot yordam ko‘rsatildi.

Tadbirda favqulodda vaziyatlar yuz berganda sohaga mas'ul tashkilot va tuzilmalarning harakatiga ham baho berildi.

Bu kabi amaliy –taktik mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy  maqsad ob'yektdagi ishchi-xodimlarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash, jabrlanganlarni qutqarish, birinchi yordam ko‘rsatish hamda yong‘inni bartarf etish borasida bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iboratdir.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech