Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 25-yanvar kuni Avtomobil transporti boshqarmasining Chirchiq shahrida joylashgan avtojamlanmasida ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqot tarzida suhbat o'tkazildi.
Unda ATB boshlig'ining TMB saqlash bo'yicha o'rinbosari Davron Xamzayev, kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi Olimjon Ahmedov, Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy birlashmasi direktorining xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Sunnatillo Erbo'tayevlar ishtirok etishdi.
Tadbirda ikki korxona vakillari hamkorlikda ishchi-xodimlarga yanada qulayliklar yaratish, o'g'irlik va shunga o'xshash qoidabuzarliklarga qarshi kurashish, yoshlar orasida turli oqimlar va yot g'oyalarga qarshi kurashish hamda oilaviy muhitning ish jarayoniga ko'rsatadigan ta'siri to'g'risida fikr-mulohazalar bildirdilar.
Ishchi xodimlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan javoblar olishdi.
Bundan tashqari, ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar o'rganildi. Boshqaruv raisining 1037-sonli buyrug'i asosida o'tkazilgan o'rganish ishlarida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi yuzasidan yana bir bor nazorat tarzida ichki o'rganish ishlari olib borildi.
Olib borilayotgan bu islohatlarning barchasi mehnatkashlarga yanada yengilliklar yaratishni maqsad qilingani barchaga tushuntirib o'tildi.
Jasur Tog'ayev
ATB boshlig'ining yoshlar masalalari bo'yicha yordamchisi