• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Avtomobilchi” dam olish maskani mavsumni boshladi

12 Iyun 2024, 9:5 751

Yurtimizda yozning jazirama kunlari boshlanib, odatda issiq kunlarda barchamiz suv havzalariga oshiqamiz. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishchi-xodimlariga bunday sharoitlar muhayyo etilgan. Ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari hamda issiq kunlarda miriqib dam olishlari uchun Toshkent dengizining qirgʻogʻida joylashgan “Avtomobilchi” dam olish maskani faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Joriy yilning 8 iyun kuni Toshkent dengizi qirgʻogʻida joylashgan “Avtomobilchi” dam olish maskani bu yilgi mavsumdagi faoliyatini boshladi.

Dam olish maskanining tantanali ochilish marosimida soʻz olgan Avtomobil transport boshqarmasi mas’ullari hududda ishchi-xodimlarning maroqli dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidlashib, oʻzlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.

Tadbirda turli sovrinli koʻngilochar musobaqa va tanlovlar oʻtkazildi.

“Metallurg” MSning ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga xushkayfiyat bagʻishladi.

Dam olish maskani har kuni faoliyat yuritib keladi. Kombinat ishchi-xodimlari uchun dam olish maskaniga imtiyozli narxlarda yo’llanmalar ajratilishi belgilangan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech