Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Yozning jazirama kunlarini suv havzasi boʻyidagi soʻlim maskanda maroqli oʻtkazib, hordik chiqarish istagini bildirgan OKMK faxriylari, pensionerlari va mehnatkashlari hamda ularning oila a’zolari uchun Avtomobil transporti boshqarmasi tassarufidagi “Avtomobilist” oromgohi oʻz ishini boshladi.
Har yili kombinatning barcha dam olish oromgohlarida oldindan mavsumga hozirlik tadbirlari amalga oshiradi. Mazkur maskanning ochilish kuniga qadar bir qator ishlar bajarildi, kombinat mehnatkashlari uchun qulay va shinam sharoitlar yaratildi. Muxtasar aytanda bu yil yanada koʻrkam qiyofani oʻzida mujassam etdi.
Joriy yilning 11 iyun kuni goʻzal tabiat qoʻynidagi, suv ombori boʻyida joylashgan “Avtomobilchi” dam olish oromgohining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Avtomobil transporti boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi Azizjon Saidkodirov soʻz olib barchaga maroqli hordiq tiladi.
Ochilish marosimi munosabati bilan boshqarmaning kasaba uyushmasi qoʻmitasi va yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan sovrinli tanlovlar, sportning arqon tortish, suzish, shashka-shahmat va futbol boʻyicha musobaqalar tishkil etildi.
“Metallurg” madaniyat saroyi badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan tayorlangan kuy va qoʻshiqlar, jozibador raqslar esa tashrif buyuruvchilarga yuqori kayfiyat bagʻishladi.
Ma’muriy va umumiy binolar, tashrif buyuruvchilar uchun oʻrnatilgan 24 ta ochiq va yopiq tapchanlanlar, sharshara-yu favvoralar, 8ta supalar, yozgi oshxona, yordamchi inshootlar, sport maydonchalari, kattalar va bolajonlar uchun moʻljallangan basseyn hamda uyingohlar kombinat mehnatkashlarining miriqib dam olishlari yoʻlida xizmat qiladi.
Ushbu maskan oʻzinig salqinligi, yozning chillasida oilaviy tabiat bagʻrida hordiq chiqarish uchun qulay va shinam sharoitlarga ega ekanligi, hovosining musafo va tozaligi bilan boshqa oromgoh hamda dam olish maskanlaridan ajralib turadi.
Shu oʻrinda eslatib oʻtamiz agar siz Avtomobilchi dam olish oromgohiga tashrif buyurish istagida boʻlsangiz, korxonangizning kasaba uyushmasi qoʻmitasi raislariga murojaat qilishingiz mumkin.
Axborot xizmati