Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Avtomobil transport boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan bir guruh ishchi-xodimlar va yoshlarni kombinatda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida sanoat ekskursiyasi tashkil etildi.
3-Mis boyitish fabrikasida tashkil etilgan sanoat ekskursiyasi davomida Loyiha ofisi mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Sherzod Yakibov avtomobilchilarni yangi barpo etilayotgan fabrika bo‘yicha tanishtirib o‘tdi.
Ma'lumot uchun: Ayni paytda 3-Mis boyitish fabrikasining ishlab chiqarish bo‘linmalari uchun zarur bo‘lgan barcha texnologik uskunalar qurilish maydoniga olib kelinib, montaj ishlari olib borilmoqda. Hozirda mazkur ob'yekt qurilishida 23 ming quruvchi va 500 dan ortiq maxsus texnika ishlamoqda. “Yoshlik-1” koni va 3-mis boyitish fabrikasi foydalanishga topshirilgandan so‘ng, 6 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, davlat byudjetiga yiliga qo‘shimcha 300 mln dollardan soliq tushumlari ta'minlanadi. Eksport 500 mln dollarga ortadi.
Ekskursiya davomida avtomobilchilar 3-Mis boyitish fabrikasi haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lishdi.
Dilshod Karimov,
ATB kasaba uyushmasi qo‘mitasining yoshlar bo'yicha komissiyasi raisi