• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Axborot xizmatlari mutaxassislari tajriba almashdi

20 Avgust 2024, 11:14 441

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Navoiy kon-metallurgiya kombinati har bir yoʻnalishda hamkor korxonalar hisoblanadi. Matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasida ham mustahkam aloqalar oʻrnatish maqsadida, “Olmaliq KMK” AJ Axborot xizmati xodimlari “Navoiy KMK” AJ  Jamoatchilik bilan aloqalar departamentiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan koʻzlangan maqsad matbuot va ommaviy axborot vositalari yaratilgan shart-sharoitlar, ish jarayonining tashkil etilishi, xizmatning me’yoriy-huquqiy xujjatlarini yoʻlga qoʻyilganligini bilan bogʻliq chora-tadbirlarni oʻrganish, shuningdek, oʻzaro malaka va tajriba almashish boʻldi. Shuningdek, olingan tajribalarni kelgusida “Olmaliq KMK”AJ Axborot xizmatida tatbiq etish ham koʻzlandi.

Ijodkorlar oʻrtasida samimiy ruhda kechgan uchrashuvda har ikkala gigant korxonada olib borilayotgan ishlar matbuot va ommaviy axborot vositalari faoliyati haqida oʻzaro fikr almashildi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati Jamoatchilik bilan aloqalar departamenti tarkibida Matbuot markazi, Raqamli kommunikatsiyalar boʻlimi, “Konchilar hayoti” gazetasi mavjud, - deydi “Navoiy KMK” AJ Matbuot markazi boshligʻi Abdumajid Joʻraev. – “Bundan tashqari, Markaziy, Shimoliy va Janubiy kon boshqarmalarida axborot guruhlari faoliyat olib bormoqda. Unda 20ga yaqin jurnalist va soha vakillari xizmat qiladi. Ayniqsa, jurnalistlarning barchasi mahoratli, koʻp yillik tajribaga ega. Xususan, “Konchilar hayoti” gazetasi muharriri Nizomiddin Sadriddinov, gazeta muxbirlari filologiya boʻyicha falsafa doktori Azamat Zaripov, Nasiba Shamuratova, Dildora Karimova, Sitora Asanova, fotomuxbir Viktor Yakovlev, Raqamli kommunikatsiya boʻlimi mutaxassislari Farrux Norqulov, Shoxrux Turdiev, joylardagi muxbirlar Mansur Husanov, Laylo Karimova, Aziza Irisova, Nafosat Ziyoeva, Mehriddin Togʻaev, Dilshod Bobomurodov, Behruz Jalolovlar kombinatimiz va uning koʻp ming kishilik mehnatkashlari faoliyati, shuningdek, NKMKda boʻlayotgan oʻzgarishlarni jamoatchilik vakillariga hamjihatlikda yetkazib kelishmoqda”.

OKMK Axborot xizmati vakillarining NKMKga ikki kunlik safari taassurotlar boy boʻldi.

-“Navoiy KMK” AJ rasmiy veb sayti 2021 yili hozirgi axborot texnologiyalar rivojlanish davriga moslashtirib, zamonga hamnafas yangi interfeysda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga moslashtirib bir guruh ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan, - deydi NKMK Jamoatchilik bilan aloqalar departamenti Raqamli kommunikatsiyalar boʻlimi mutaxassisi Farrux Norqulov.

- “Oʻzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligida Davlat organlari va tashkilotlari ochiqlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash qaratilgan “Ochiqlik indeksi 2022” va “Ochiqlik indeksi 2023” yakunlariga koʻra, “yashil” zonaga kirib, yuqori ballarni olib kelmoqdamiz.

Kelgusidagi rejalarimizdan, bu NKMK rasmiy veb saytini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida, hozirgi kunda yangi interfeysi ustida Angliyaning “Moutfort Eurasia” kompaniyasining Oʻrta Osiyodagi vakillari bilan hamkorlikda muzokara ishlari olib borilmoqda”.   

Jamoatchilik bilan aloqalar departamenti Raqamli kommunikatsiyalar boʻlimi mutaxassisi Shoxrux Turdievning ta’kidlashicha, - “Hozirgi texnika asrida ma’lumotlarni tezlik bilan yetkazish, shuningdek sifatli video va suratlar olish, dasturlar yordamida tahrirlash odamga katta mas’uliyat yuklaydi. Internet tarmogʻiga joylashtirilayotgan har bir kontent dunyo miqyosida koʻrilib, “Navoiy KMK” AJ imidjini tasvirlab beradi”.

Safarimiz davomida “Farhod” madaniyat saroyi madaniyat va san’at muassasalari faoliyati bilan ham yaqindan tanish uchun yoʻl oldik. Tashqi koʻrinishidan oddiygina taassurotga ega boʻlsakda, ichida shunday mohir qoʻllar bilan yaratilgan kartinalar, oʻymakorlik ishlari odamni oʻziga mahliyo qila boshladi.

Shuningdek “Navoiy KMK” AJ tarixi mujassam boʻlgan 3 ta xonadan iborat, zamonga hamnafas holda muzey tashkil etilgan ekan. Muzeyda Kombinat tashkil topganidan shu kunga qadar ishlab kelayotgan rahbariyatning fotosuratlari, qimmatbaho rudalarning namunalari, mutaxassis va ishchi-xodimlarning ish jarayonlari, erishgan yutuqlari, Kombinat faoliyatiga oid nashr etilgan kitoblar hamda jurnallar uchun ham alohida joy ajratilgan. Eng ajablantirgani kelgan mehmonlar uchun “Tilaklar kitobi” mavjudligidadir.

Kombinatning ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlashi, ular uchun alohida zamonaviy uslubda barpo etilgan “Matbuot anjumani” xonasi yoqqol misol boʻla oladi.

Ijodiy safardan  katta taassurotlar va tajriba orttirgan holda qaytdik. “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati bilan hamkorlikda “Navoiy KMK” AJ Axborot xizmatining ish uslublarini namuna sifatida kombinatda ham joriy etishni oldimizga maqsad qilib qoʻydik. Bunday tajriba almashishlar mutaxassislar uchun bilmagan yangi qirralarni ochib berishi, ularning dunyoqarashini kengaytirib borishi shubhasiz.

Sanobar Avazova,

Axborot xizmati veb muharriri

Bo`lishmoq:
Text to speech