"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu baraka kiritadigan, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo‘'tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir. Darhaqiqat hayotimizning bog‘boni bo‘lgan aziz ayollarimizni qancha e'zozlasak shuncha kam. 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bugun “Metallurg” madaniyat saroyida tashkil etilgan “Go‘zalllik va nafosat egalari, bayram muborak!” deb nomlangan konsert tadbirida ham kombinatda mehnat qilayotgan ayollarga ehtirom ko‘rsatildi.
Tadbir avvalida so‘z olgan OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov munis onaxonlar va qadrli opa-singillarimizni ayyom bilan qutlab, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.
Sana munosabati bilan 10 nafar ilg‘or ayollarga kombinat Faxriy Yorlig‘i taqdim etildi. Shuningdek, 44 nafar faol xotin-qizlar qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.
“Metallurg” madaniyat saroyi badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Axborot xizmati