• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ayolga baxt bering, saodat bering...

07 Mart 2023, 17:4 1206

Ayol – nafosat va go‘zallik timsoli. Uning mehridan qalblar sururga to‘ladi. Mo‘'tabar ayollarimizni qancha ardoqlasakda, shunchalar oz. Mamlakatimizda aziz ayollarga bo‘lgan e'tibor va g‘amxo‘rlik yildan-yilga kuchayib bormoqda. Yirik sanoat korxonasi bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham xotin-qizlarga alohida e'tibor qaratilib, barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Ko‘p ming sonli kombinat mehnat jamoasi tomonidan texnologik ishlab chiqarish jarayonida erishilayotgan yutuqlarda albatta, munis ayollarimizning ham salmoqli hissasi bor. Ushbu fikr-mulohazalar bugun 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Metallurg” MSda tashkil etilgan bayram tantanalarida bildirildi.

Tadbirda so‘z olgan OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov ayollarning jamiyatda tutgan o‘rni, yurt ravnaqiga qo‘shayotgan hissasi haqida to‘xtalib, barcha xotin-qizlarni ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.

Bayram munosabati bilan OKMK boshqaruvi raisi A.Xursanovning buyrug‘iga ko‘ra, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning 29 nafariga Faxriy Yorliq va 64 nafariga qimmatbaho sovg‘alar tuhfa etildi.

“Metallurg” MS badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.

Ayniqsa, taniqli estrada xonandasi Alijon Isoqovning sho‘x-shodon taronalari barchani raqsga chorladi.

Ma'lumot o‘rnida: bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 8000 nafardan ziyod xotin-qizlar fidokorona mehnat qilib kelishmoqda. Ularning 1500 nafari rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borishayapti.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech