Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Bahor malikasi-2026"

02 Aprel 2026, 7:59 94

Kuni kecha Mis boyitish fabrikasi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida xotin-qizlar oʻrtasida "Bahor malikasi-2026" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

Tanlovda barcha sexlardan 1 nafardan ayollar tanishtiruv, pazandalik mahorati, ijodiy chiqish va sport shartlari orqali oʻzaro bellashishdi.

Tanlov yakunlariga koʻra 3-oʻrinni Mis molibden konsentratlarini saralash va quritish sexi operatori Iroda Qoʻziboyeva egalladi.

2-oʻrinni Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari xizmati operatori Muhlisa Yoʻldosheva qoʻlga kiritdi.

Koʻrik tanlov mutloq gʻolibligiga Yanchish va flotatsiyalash sexi NOʻA va A chilangari Zaxroxon Anorboyeva sazovor boʻlib, "Bahor malikasi", deya e’tirof etildi.

Tanlovda ishtirok etgan qolgan barcha ayollar oʻz iqtidorlariga mos ravishda turli nominatsiyalar bilan ragʻbatlantirildi.

Gʻoliblar kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Mardona Azimova,

MBF Kasaba uyushmasi Gender tenglikni

ta’minlash boʻyicha komissiyasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech