"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 332022-yilning 11-mart kuni OKMK “Olmaliqmetallurgqurilish” trestida bahoriy taomlar festivali oʻtkazildi.
“Navroʻz” ayyomiga bagʻishlab oʻtkazilgan festivalda trestning Ixtisoslashtirilgan ishlar boshqarmasi, Qurilish va qurilish materiallarini ishlab chiqarish hamda ixtisoslashtirilgan mexanizatsiya, qurilish boshqarmasi, montaj ishlari, qurilish montaj boshqarmalari oʻzaro bellashishdi.
Festival davomida pazandalik sirlarini puxta egallagan opa-singilarimiz turli taomlardan iborat koʻrgazmalari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berishdi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan urf odatlarimiz va anʼanalarimiz aks etgan sahna koʻrinishlari ham namoyish etildi. Ayniqsa, zamonaviy va hajviy “Kelin salom” barchaga aʼlo kayfiyat bagʻishladi.
Hakamlar hayʼati milliylik, dasturxondagi jihozlarning estetik tartibi va taʼriflash mahorati, milliy urf-odatlarimiz, taomlar soni, mazasi va sifati kabi jahatlarga alohida eʼtibor qaratishdi.
Festival natijalariga koʻra trest boshqarmasi jamoasi gʻolib deb topildi.
Gʻolib jamoa va ishtirokchilar esdalik sovgʻalari bilan raqbatlantirildi.
Festivalda ishchi xodimlar bir oila vakillaridek, xursandchilik bilan ishtirok etishdi.
Bu esa mehr-oqibat, doʻstlik rishtalarini mustahkamlashda, mehmondoʻstlik tuygʻularini mustahkamlashda koʻprik boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.
Sayyora Djurayeva,
Trest kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi