• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Balli qizlar”

13 Mart 2023, 9:36 1084

Joriy yilning 9-mart kuni Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi Kasaba uyushmasi hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda Ijtimoiy ob’yektlar boshqarmasi yosh xodimalari o‘rtasida “Balli qizlar” bellashuvi o‘tkazildi.

Unda IOB tasarrufidagi Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan 6 nafar xodimlar ishtirok etishdi.

Bellashuvda ishtirokchilar tanishtiruv, sport, pazandachilik, savol-javob, erkin mavzu kabi shartlar bo‘yicha bellashdilar hamda o‘zlarining yuksak iste’dod sohibalari ekanliklarini namoyon qildilar.

Tanlov yakunlariga ko`ra, 4-MTT tarbiyachi yordamchisi Charosxon Ibraimqulova "Eng kreativ", 28-MTT tarbiyachisi Gulchiroy Axmedova va "Eng orasta", 35-MTT tarbiyachisi Gullola Mamatova "Eng zukko" nominatsiyasiga loyiq ko`rilishdi.

21-MTT tarbiyachi yordamchisi Maftunaxon Akbaraliyeva "Eng bilimdon", 31-MTT tarbiyachi yordamchisi Mohina Sarkaboyeva esa "Eng chaqqon" nominatsiyalariga sazovor boʻlishdi.

Koʻrik-tanlovining mutloq gʻolibasi deb 20-MTT tarbiyachisi Mohinur Abdurahmonova eʼtirof etildi.

F. Asrakulova,

IOB Kasaba uyushmasi qoʻmitasining Yoshlar komissiyasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech