• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Barcha ezgu amallar inson qadri uchun

31 Avgust 2023, 11:53 955

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan har bir bayram arafasida muhtojlar holida xabar olish va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish an'anaga aylangan.

Ushbu ezgu an'ana mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi arafasida ham davom ettirilmoqda. Jumladan, 28 ta boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, 147 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj pensionerlarga oziq-ovqat jamlanmalari bayram sovg‘asi sifatida tarqatildi.

Shuningdek, 17 nafar mehnat fronti faxriylariga, 9 nafar Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashganlarga, 225 nafar afg‘on urushi ishtirokchilariga OKMK boshqaruvi raisi A.Xursanovning buyrug‘i asosida 500 000 so‘mdan moddiy yordam ajratildi.

Bundan tashqari, kombinat tarkibiy bo‘linmalariga biriktirilgan maxsus ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga ham homiylik ko‘rsatilib, bayram dasturxonlari yozilishi belgilangan.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech