• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Barcha ijtimoiy ob'yektlar faoliyati – doimiy e'tiborda va nazoratda

29 Avgust 2023, 16:22 1052

OKMK boshqaruvi raisining 2022-yil 31-avgustdagi 1037-son buyrug‘iga muvofiq tuzilgan ishchi guruh tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy muhit, yoshlar masalalari hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi joyiga chiqib o‘rganilmoqda.

Navbatdagi shunday o‘rganish Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasida tashkil etilgan bo‘lib, ushbu o‘rganishning natijalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi joriy yilning 18-avgust kuni o‘tkazildi. Unda OKMK boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov, rahbariyat vakillari, Kasaba uyushmasi Kengashi mas'ullari, tarkibiy bo‘linmalarning boshliqlari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Ishchi guruh tomonidan tuzilgan dalolatnoma bilan qatnashchilar tanishtirilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan batafsil to‘xtalib o‘tildi. Dalolatnomada ko‘rsatilgan har bir band bo‘yicha mas'ullardan izoh so‘raldi hamda aniqlangan kamchiliklarni bataraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, doimiy ishchi guruh faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Nazorat guruhi a'zolarining tanqidiy fikr-mulohazalari tinglanib, Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi mas'ul rahbarlari tomonidan ish joylaridagi kamchiliklar barvaqt aniqlanmasdan, sustkashlikka yo‘l qo‘yganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda qat'iy choralar ko‘rilishi lozimligi qayd etib o‘tildi.

Tadbirda bildirilgan takliflarni amalga oshirish bo‘yicha aniq choralar, muddatlar va mas'ullar belgilab olindi.

Ishchi guruh tasdiqlangan reja asosida o‘z ishini davom ettiradi.

Shu o‘rinda aziz kombinat ishchi-xodimlariga eslatib o‘tamiz, agar sizning korxonangizda qonunbuzilish holatlari yoki Sizni qandaydir muammo qiynayotgan bo‘lsa, unda telegram messenjeri orqali @OKMK_OFFICIAL_bot manziliga murojaat qiling.

Sizning murojaatingizga mas'ullar javob beradi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech