• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Barcha jinoyatchilik va korrupsiyaga murosasiz bo‘lishi kerak!

23 Sentyabr 2022, 15:17 1162

Bugun “Metallurg” MSda OKMK boshqaruvi raisi A.Xursanovning joriy yil 31 avgustdagi buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida olib borilayotgan o‘rganish ishlarining tahlili hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda OKMK boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari S.Shermatov, Komplaens-nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari I.Xodjimurotov hamda kombinat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, xodimlar bo‘limi boshliqlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda ishchi guruh tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy muhit, yoshlar muammolari hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligini yanada jadallashtirish, uning natijadorligi bo‘yicha olib borilgan o‘rganish ishlari tahlil etildi.

Texnologik transport va Avtomobil transporti boshqarmalarida olib borilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha har bir rahbar va xodimlar bo‘limlari  mas'ullari o‘z vazifasiga vijdonan yondashishi lozimligi, o‘z xizmat vazifasini suiiste'mol qilmasligi uqtirildi.

Ayniqsa, sohada firibgarlik va ta'magirlik omillarini to‘liq yo‘qotish, korrupsiyaga qarshi immunitet shakllantirish maqsadida har bir xodim bilan profilaktik suhbat tashkil etilishi belgilab olindi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech