Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33…Qo‘l telefoniga telegramda xabar keldi. Kelgan xabar o‘zi ishlayotgan korxonaning kasaba uyushmasi raisi Sarvardan bo‘lib, unda bir havola bor edi. Xabarda Sarvar havolani zudlik bilan ochib ko‘rishi yozilgandi. Unda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ishchi-xodimlarini korxonaning 75 yilligi munosabati bilan davlat rahbarining farmoni bo‘lib, farmonda bir guruh ishchi-xodimlarga turli xil davlat mukofotlari berilishi belgilangandi. Yuragi potirlab, ro‘yxatni birma-bir ko‘zdan kechira boshladi. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Issiqlik elektr markazi qozon-turbina sexi yoqilg‘i uzatish mashinisti Aynaqulova Shoira Abdusamatovna “Shuhrat” medali bilan mukofotlansin.
O‘zining ism-familiyasini o‘qirkan, qalbida tasavvur etib bo‘lmas tuyg‘ular o‘tdi. 35 mingdan ziyod ishchi-xodimlar orasidan unga davlat mukofoti berilishi haqidagi xushxabarni xursandchilik bilan turmush o‘rtog‘i va o‘g‘liga yetkazdi...
Kombinatning 75 yilligi munosabati bilan “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan, Issiqlik elektr markazi qozon-turbina sexi yoqilg‘i uzatish mashinisti Shoira Aynaqulovaning mutaxassisligi rassomchilik. Toshkent madaniyat texnikumini rassomchilik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, 1988-yili Issiqlik elektr markaziga o‘z sohasi bo‘yicha ishga kiradi.
15 yil davomida korxonada rassom sifatida mehnat faoliyatini olib borgan qahramonimiz, oilaviy sharoitga ko‘ra, 2005-yilda yoqilg‘i uzatish mashinisti kasbi bo‘yicha ishini davom ettiradi. Hozirgi kasbi ham ancha mas'uliyatli sanalib, korxonada issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda aynan shu kasb egalarining tajribasi katta rol o‘ynaydi.
3 nafar farzandning sevimli onasi, 7 nafar nevaraning buvijonisi bo‘lgan Shoira opaning aytishicha, inson mehnat qilishdan qochmasa, o‘z ishiga vijdonan va halol yondashsa albatta muvaffaqiyatga erishadi. Shoira Aynaqulovaning padari buzrukvori Abdusamat ota ham shu korxonada mehnat qilgan. Jamoat ishlarida faol, korxona xotin qizlar masalalar va gender tenglik komissiyasi raisi bo‘lgan qahramonimiz ushbu davlat mukofotini nafaqat kombinat balki Olmaliq shahrini ham issiq suv va issiqlik energiyasi bilan ta'minlab kelayotgan korxona mehnat jamoasiga bo‘lgan e'tibor deb biladi. Oddiy ishchini mana shunday e'zozlab davlat mukofotiga munosib ko‘rgan davlatimiz rahbariga Shoira Aynaqulova o‘z minnatdorchiligini bildirib qoladi.
Sherzod Tilovberdiyev