Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-331-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan bolajonlar uchun ajoyib tuhfalar hozirlandi.
Jumladan, erta tongdan “Metallurg” o‘yingohida kombinat ishchi-xodimlarining farzandlari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha turnir tashkil etildi. Shiddatli bahslarga boy bo‘lgan turnirda g‘olib jamoalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Bolajon” bog‘ida esa Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan turli xil sovrinli o‘yinlar va sport musobaqalari ham tashkil etildi.
Ayniqsa, turli xil ertak qahramonlari bolalarga quvonch bag‘ishlab, tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etganlarga sovg‘alar ulashishdi.
Bundan tashqari, “Bahor” mehmonxonasida 50 nafar boquvchisini yo‘qotgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan bolalar va ularning yaqinlari uchun kombinat homiyligida bayram dasturxoni yozildi.
Bolajonlarga turli xil shirinliklar tuhfa etildi. Shuningdek, “Qizil yarimoy” jamiyati Olmaliq shahar bo‘limi hamda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Olmaliq shahar tayanch punkti tomonidan ham bolajonlarga sovg‘alar tarqatildi.
“Bolajon” bog‘ida “Metallurg” MS badiiy jamoalari tomonidan Olmaliq shahri bolajonlari uchun konsert dasturi namoyish etildi.
“Metallurg” madaniyat saroyi qoshida faoliyat yuritib kelayotgan ijodiy guruhlar va to‘garaklarning 362 nafar a'zolariga ham konsert dasturi tashkil etilib, shirinliklar taqdim etildi.
Axborot xizmati