• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Barcha shodlik senga bo‘lsin, aziz bolajon!

01 Iyun 2022, 15:6 1769

Butun dunyo bo‘ylab, har yilning 1 iyun kuni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram ko‘pchilik davlatlarda “Xalqaro bolalar huquqlarini himoya qilish kuni” sifatida ham e'tirof etiladi.

Ushbu kun munosabati OKMK rahbariyati, Yoshlar ittifoqi, kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan shahrimizdagi “Bolajon” bog‘ida bayram tadbiri tashkil etildi.

Jumladan, Ijtimoiy obyektlar boshqarmasiga qarashli maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan tayyorlangan ko‘ngilochar o‘yinlar va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi sovrinli viktorinalar  o‘tkazildi.

Shuningdek, “Baxtli bolalik” shiori ostidagi asfal'tga rasm chizish tanlovi tashkil etilib, g‘oliblar badiiy adabiyotlar bilan taqdirlanishdi.

Ayniqsa, OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi jismoniy-tarbiya sport bo‘limi tomonidan tashkil etilgan shaxmat, stol tennisi, belbog‘li kurash, erkin kurash, yengil atletika kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalarda ham bahslar shiddatli kechdi.

Markaziy tahlil laboratoriyasi xodimlari tomonidan taqdim etiladigan “Quvnoq laboratoriya” nomli ko‘rgazmasida joy olgan qiziqarli kimyoviy tahlillar bolajonlarda katta taasurot qoldirdi. Bolajonlarning o‘zlari kimyoviy tahlillarni amalga oshirishdi.

“Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi,  turli ertak qahramonlarining chiqishlari kelajagimiz vorislari uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

Bundan tashqari, tashkilotchilar tomonidan “Bolajon” bog‘iga keladigan jajji o‘g‘il-qizlarga muzqaymoqlar ham ulashildi.

Sport musobaqalari g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida o‘z ijodiy ishlari bilan qatnashgan, hamshahrimiz, 20-IDUM 5-sinf o‘quvchisi Suhrob Abdusamiyevga kombinat rahbariyati tomonidan kompyuter jamlanmasi va printer sovg‘a qilinishi belgilangan edi. Ushbu sovg‘alar bugun o‘z egasiga tantanali ravishda topshirildi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech