• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Bardavomlik kasb etgan xayrli amallar

16 May 2024, 10:5 257

"O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” munosabi bilan maxsus ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga ham biriktirilgan kombinat tarkibiy bo‘linimalari tomonidan bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 15-may kuni shahrimizdagi “Tojmahal” tantanalar majmuida o‘tkazildi.

Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi tomonidan shahrimizdagi 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalara maxsus internat maktabi o‘quvchilari uchun to‘kin dasturxon yozilib, bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan STTB boshlig‘i Sirojiddin Manazarov, kombinat tomonidan bu kabi xayrli amallar muntazam davom ettirilishini ta'kidlab, bolajonlarga o‘z samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi.

Tadbir mobaynida ta'lim muassasasining 10 nafar o‘qituvchilari qimmatbaho sovg‘alar bilan bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, ta'lim muassasasiga televizor hadya qilindi.

“Metallurg” MS ijodiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga xushkayfiyat ulashdi.

Otabek Minasipov,

STTB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech