• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Bekajonlar" tanlovida “Tozalik farishtalari” jamoasi g‘olib

01 Fevral 2024, 9:59 342

Joriy yilning 31-yanvar kuni OKMK xodimlari kasaba uyushmalari Kengashining gender tengligini ta'minlash masalalari komissiyasi tashabbusi bilan Angren kon boshqarmasi xotin-qizlari o‘rtasida "Bekajonlar" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda Ko‘chbuloq konining "Ko‘chbuloq ayollari" hamda Oltin saralash fabrikasining "Tozalik farishtalari" jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Jamoalar tanlovda, tanishtirish, norin tayyorlash, “Oila muqaddas qo‘rg‘on”, erkin mavzu kabi shartlar bo‘yicha bellashdilar.

Korxonada mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, oila muqaddasligini, milliy qadriyatlar, an'ana va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan tanlovda "Tozalik farishtalari" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoa esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Sherzod G‘aniyev,

Angren KB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech