Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Temir yo‘llar mamlakat iqtisodiyotining qon tomirlariga qiyoslanadi. Bugungi kunda “Olmaliq KMK” AJ temir yo‘llarida xizmat ko‘rsatish sifat va samaradorligining zamon talablari asosida rivojlanayotganligini yuk tashish hajmining kundan-kunga o‘sib borayotganligidan ham ko‘rishimiz mumkin.
Albatta, bu o‘rinda “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi temir yo‘llarda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash borasida Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi (STTB) xodimlari tomonidan muayyan ishlar olib borilmoqda. Biroq shunga qaramay, temir yo‘l atrofida mahalliy aholi tomonidan temir yo‘ldan o‘tish qoidalarining buzilishi - huquqbuzar shaxslar tomonidan temir yo‘lni belgilanmagan joylardan kesib o‘tishlari, temir yo‘l atrofida chorva mollarini boqishlari va har xil chiqindilarni tashlashlari harakatlanuvchi poezdlarning xavfsizligini ta'minlashga xavf solmoqda.
Xususan, 2021-yil davomida fuqarolar bilan bog‘liq jami 5 ta noxush hodisa ro‘y bergan, undan 2 tasida o‘lim holati qayd etilgan bo‘lsa, 2 holat voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari bilan sodir bo‘lgan.
Temir yo‘lda harakat xavfsizligi va fuqarolar salomatligini ta'minlash, jumladan, yoshlar o‘rtasida turli huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida fuqarolarimizdan temir yo‘llarni belgilanmagan joylardan kesib o‘tmaslikni, temir yo‘l signalizasiya va aloqa vositalariga ziyon yetkazmaslikni, temir yo‘l izlariga turli jismlar qo‘ymaslikni so‘rab qolamiz.
Sh. AHMEDOV,
STTB bosh muhandisining MM, XT va HX bo‘yicha o‘rinbosari