Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Munosabat
Barchamizga ma'lumki joriy yilning 1-fevral kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev metallurgiya korxonalarini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda Prezidentimiz xorijiy ekspertlarni jalb etib, kombinatlarni raqamli transformatsiya qilish, bunda “yashil” texnologiyalarga alohida e'tibor qaratish zarurligini ta'kidladi.
Shuningdek, Investitsiyalarni o‘zlashtirish va yangi loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur taqdimotdan so‘ng, OKMK boshqaruv raisi Abdulla Xursanov ishtirokida biz o‘zimizga barcha zarur vazifalarni belgilab oldik.
Xabaringiz bor, ayni paytda kombinatda “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida 3-mis boyitish fabrikasi qurilmoqda. Ushbu fabrika tomonidan ishlab chiqarilgan konsentratlarni qayta ishlash uchun mavjud Mis eritish zavodining quvvatlari yetmaydi. Shuning uchun hozirda Yangi metallurgiya majmuasini va uning ob'yektlarini qurish ishlari boshlab yuborilgan.
Majmua o‘z ichiga misni eritish sexi, sulfat kislotasi sexi hamda shlaklarni qayta ishlab, boyitish fabrikasi, havodan kislorodni ajratib olish bo‘limlari va bir qator infratuzilma ob'ektlarni o‘z ichiga oladi. E'tiborlisi, ushbu sexlardagi ishlab chiqarish jarayoni zamonaviy texnologiyalar asosida olib boriladi. Hozirgi mavjud texnologiyadan farqli o‘laroq yangi metallurgiya majmui energiyatejamkor zamonaviy uskunalar bilan jihozlanib, jarayon to‘liq raqamlashtiriladi. Amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha Germaniyaning «KfW IPEX-Bank GmbH» banki bilan muzokaralar olib borilmoqda.
O‘ylaymanki, jamoamiz bilan bizga qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida sifatli bajaramiz.
Alisher Shanasirov,
OKMK Metallurgiya majmuasi ob'yektlarini qurish direksiyasi direktori v.b.