Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Yoshu-kattaning sevimli bahslaridan biri bo’lgan Zakovat intellektual o`yini o`z atrofida ko’plab faollarni jamlagan. OKMK bo`linmalarida ham ayni yo`nalishda bir qator jamoalar Respublika bahslarida ilg`orlardan.
Har yili kombinat Yoshlar ittifoqi va Kasaba uyushmasi Kengashi tashabbusi bilan Zakovat liga o`yinlari o`tkaziladi. Saralash o`yinlari uchun har bir bo`linmadan munosiblarni aniqlash maqsadida esa boshqarma va zavodlarda “Bilimdonlar maydoni” intellektual bellashuvlari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 17-fevral kuni Texnologik transport boshqarmasi "Kasaba uyushmasi qo'mitasi" hamda "Yoshlar ittifoqi" hamkorligida boshqarma ishchi-xodimlari o'rtasida "Bilimdonlar maydoni" intellektual o'yini o'tkazildi.
Bilimlar bellashuvida 4 ta transport sexlari, Kon ishlarini mexanizatsiyalash sexi, Texnologik transportlarni ta`mirlash sexi hamda Transport boshqarmasi sexlaridan 7 ta jamoa 2 turda bahs olib bordi.
Har bir turda 8 tadan berilgan mantiqiy savollarga jamoalar yozma javob berishdi.
O`yin natijalariga ko`ra, Kon ishlarini mexanizatsiyalash sexi bilimdonlari qo`shimcha berilgan savollarga ham aniqlik bilan javob yo`llab, 3-o`rinni egallagan bo’lsa, Transport sexi bilimdonlari 2- vaTTBdan tashkil topgan jamoa Mutlaq g`oliblikni qo`lga kiritdi.
G`oliblarga kasaba uyushmasi tomonidan pul mukofotlari va maxsus diplomlar topshirildi.
Eslatib o`tamiz OKMK Zakovat Liga o`yinlarining saralash bahslari mart oyida start oladi. Har bir korxonadan saralangan ishtirokchilar jamoa bo`lib ishtirok etadi.
Feruza Bazarova,
OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi raisining
Yoshlar masalalari bo`yicha maslahatchisi