• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!

06 Avgust 2024, 8:25 416

OKMK xotin-qizlar va  gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashi tomonidan Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatida faoliyat yuritayotgan ayol xodimlar bilan ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Unda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruv raisi maslahatchisi Kamola Umaraliyeva, jurnalist Oysara Dadayevalar harbiy ayollar bilan samimiy suhbatlashdilar.

Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi ayyomi arafasida tashkil etilayotgan suhbat chog‘ida xalqimiz, ayniqsa, ayollarimiz yuragida shukronalik, bugungi tinch va farovon kunlarimiz uchun hayotdan minnatdorchilik tuyg‘ulari bilan to‘la ekaniga amin bo‘lmoqdamiz.

Suhbat chog‘ida kombinat va davlat mulkini qo‘riqlashda sidqidildan mehnat qilayotgan ayollar Olmaliq kon-metallluriya kombinatida amalga oshirilayotgan megaloyihalar, ulkan qurilishlar har bir inson qalbida cheksiz g‘urur uyg‘otishini alohida ta'kidlashdi.

Ular o‘z kasbi bilan faxrlanishlarini, bugungi yangi O‘zbekiston uchun, yangilanayogan kombinatimiz farovonligi uchun  hissa qo‘shish eng oliy maqsadlari ekanini bildirishdi.

Uchrashuv so‘nggida harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimalariga kombinat rahbariyati nomidan "Vatan" jurnalining 1-2 sonlari tuhfa qilindi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech