• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Birinchi galda mehnat intizomiga rioya qilish va kasbga vijdonan yondashish lozim!

30 Mart 2023, 13:38 877

Kuni kecha Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati 5-sonli komandasining 2022-yil yakunlari bo‘yicha hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda xizmat boshlig‘ining huquqiy masalalar va shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari A.Boboxo‘jayev, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi B.Rasulov, qorovul boshliqlari, 5-komanda shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan mas'ullar 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar xususida ma'lumot berib, yuz bergan huquqbuzarlik holatlari va bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozimligini ta'kidlashdi.

Xizmatning 5-komandasi shaxsiy tarkibi orasida 2022-yil davomida bu kabi noxush holatlar, qonunbuzarliklar sodir etilmagan bo‘lsada, kelgusida ham har bir xodim mehnat intizomiga rioya qilish, huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz bo‘lishlari, xizmat vazifasini vijdonan bajarishlari lozimligi uqtirildi.

Tadbir davomida komandaning 1-, 2-, 3- va 4-sonli qorovul boshliqlarining hisobotlari tinglandi. Unga ko‘ra, shaxsiy tarkib o‘rtasida profilaktik tadbirlar kuchaytirilgani, har tarqatuvdan oldin saf ko‘rigi tashkil etilayotgani, shaxsiy tarkib o‘rtasida ichki intizomni yaxshilash maqsadida o‘qchilarning xizmat olib borishi doimy nazoratda ekanligini ta'kidlandi.

Yig‘ilish davomida kelgusida amalga oshiriladigan masalalar ham muhokama etildi.

Ma'lumot o‘rnida: xizmatning 5-komandasi Chodak kon boshqarmasiga xizmat ko‘rsatadi.

Sobir Rahimov,

IHQX boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech