Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 6 iyul kuni Milliy tadqiqotlar texnologik universiteti MISiS Olmaliq filiali bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur oliygohni bu yili Konchilik ishi, metallurgiya va texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish kabi mutaxassisliklari bo‘yicha 72 nafar talaba tamomladi. Ulardan 4 nafari a'lochi sifatida e'tirof etilishdi.
Tadbir avvalida mamlakatimiz hamda Rossiya Federatsiyasining va talabalarning «Gaudemus» madhiyalari yangradi.
Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari e'tiboriga filialning tashkil etilishi va tarixiga oid videofilm namoyish etildi.
Tantanali marosimda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov, MTTU MISiS rektori Alevtina Chernikova, MTTU MISiS Olmaliq shahridagi filiali direktori Farhodbek Umarov va OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov hamda mamlakatimizning kon-metallurgiya sanoati sohasidagi korxonalar vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda bitiruvchilar va ularning ota-onalariga samimiy tilaklar bildirildi. Shuningdek ustozlarga ham minnatdorchilik izhor etildi.
So‘ngra, har bir talabaga tantanali ravishda diplom topshirildi.
Tadbirning badiiy qismida taniqli estrada xonandalari Ravshan Sobirov va Lolaning sho‘x-shodon taronalari barchani raqsga chorladi.
Ayniqsa, bir qator xalqaro tanlovlar laureati va g‘olibi bo‘lgan «Edel'veys» xalq ansamblining turfa xil raqslari barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir davomida turli xil tanlovlar va fleshmoblar talabalarga o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi.
Axborot xizmati