• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Birinchi yarim yillik sarhisob qilindi

25 Iyul 2022, 15:34 1239

“Olmaliq KMK” AJ Boshqaruv raisining 2020 yil 9 sentyabrdagi 00937-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “IHQX xodimlarining odob-axloq va muomala madaniyati qoidalari” hamda 2022 yil 28 fevraldagi 000228 - sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “IHQX to‘g‘risidagi nizom”ning talablarini ijrosini ta'minlashda, mehnat va xizmat intizomini, shuningdek shaxsiy tarkib o‘rtasida muhitni mustahkamlash va barqarorlash maqsadida qo‘shma yig‘ilish tashkil etildi.

Tadbirda Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati boshlig‘ining huquqiy masalalar va shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari A.Boboxo‘jayev, Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi direktorining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi S.Erbutayev, 9-komanda boshlig‘i M.Klichev, qorovul boshliqlari va shaxsiy tarkib ishtirok etdi.

Yig‘ilishda komanda boshlig‘ining joriy yilning olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha axboroti tinglandi.

Shuningdek, yig‘ilishda IHQX shaxsiy tarkib xodimlari ichki mehnat tartib qoidalariga, mehnat va xizmat intizomiga rioya etishida, mehnat vazifalarini to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarishida qorovul boshliqlariga ko‘maklashish borasida komanda shaxsiy tarkibida ish yuritayotgan faollar hisobot berishdi.

Tadbirda xizmat xodimlarining o‘z vazifalariga vijdonan, sidqidildan yondashishlari zarurligi uqtirildi.

Xizmat komanda va qorovul boshliqlarining 2022 yilning olti oyi davomidagi faoliyati tahlil qilinganda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani ta'kidlandi.

Jumladan, lavozim yo‘riqnomalari talablarini to‘liq bajarmayotganliklari, ayrim qorovul boshliqlari tomonidan soqchilarni postlarga me'yorda belgilangan tartibda taqsimlamasdan qorovulga aniq vazifalar lozim darajada belgilab berilmayotganlik holatlari aniqlangan.

Shaxsiy tarkib bilan jangovar, jismoniy hamda ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar sust olib borilayotganligi tanqid qilindi.

Qorovullarda xodimlar oy davomida bitta postga bir necha bor takror biriktirilish holatlari kuzatilgan.

Komanda va qorovul boshliqlari  xizmatga bo‘lgan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishlari ta'kidlandi.

Xodimlar o‘rtasida ijro intizomiga ham alohida e'tibor qaratish lozimligi aytib o‘tildi.

Tadbirda 9-komanda shaxsiy tarkibi faoliyati tahliliga ko‘ra uzoq yillar davomida nuqsonsiz xizmat qilib kelayotgan bir guruh nazoratchi va o‘qchilar xizmat rahbariyati nomidan “Tashakkurnoma" bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech