"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2025-yilning 1-yarim yilligi uchun belgilangan barcha ishlab chiqarish prognozlarining bajarilishi ta'minlandi.
Jumladan, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi 116,2%ga bajarildi. Reja bo‘yicha 18 797 608 766 000 so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilishi belgilangan bo‘lib, amalda esa bu ko‘rsatkich 21 836 602 944 000 so‘m bo‘ldi.
Shuningdek, 4 323 027 000 so‘mlik xalq iste'moli mollari ishlab chiqarilib, reja 121,3%ga bajarildi.
Mis xom ashyosini qayta ishlash vazifasi bo‘yicha 101,5%lik o‘sish sur'ati qayd etilgan.
Kombinatning asosiy mahsuloti sanalgan mis katodi ishlab chiqarish vazifasi esa 100,6%ga bajarilgan. O‘z xom ashyomizdan mis katodi tayyorlash prognozi 119,3%ga, rux ishlab chiqarish vazifasi esa 106%ga bajarilgan.
Rux ishlab chiqarish bo‘yicha 107%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.
Bundan tashqari, polimetall ma'danlarni qazib olish(100%) va ularni qayta ishlash(100,4%) rejasining bajarilishi ta'minlangan.
Oltin tarkibli ma'danlari qazib olish(102,4%) hamda ularni qayta ishlash(101,8%) vazifalari ham oshig‘i bilan bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.
Mis kuporosi, emallangan mis simlar, texnik selen va tellur, perrenat ammoniy, palladiy kukuni kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish prognozlari ham bajarilgan.
OKMK Markaziy apparati
Byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish departamenti