Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 20-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida malaka oshirish kurslarida ishtirok etayotgan “O‘zsuvta’minot” AJ xodimlari va ushbu oliygoh o‘qituvchilari Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida boʻlishdi.
Mehmonlar birlashmaning faoliyati, ishlab chiqarish salohiyati va mavjud bo‘lgan zamonaviy dastgohlar bilan tanishtirildi. Jumladan, birlashma qoshidagi Ilmiy-texnologik markazning erishgan yutuqlari ham namoyish etildi. Mehmonlar markaz mutaxassislarining ish faoliyatiga bevosita guvoh bo‘lishdi. Shundan so‘ng, birlashmada tashkil etilgan axborot-resurs markazi va undagi 28 mingdan ziyod ilmiy adabiyotlar, ilmiy tadqiqot ishlanmalari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mehmonlar tashrif doirasida Ilmiy-texnologik markazda mavjud bo‘lgan zamonaviy dastgohlar va ularning ishlashi bilan ham tanishdilar. Ayniqsa, ICP Spectro Arcos qurilmasi yordamida eritmalarning express tahlili mehmonlarda katta taasurot qoldirdi.
Shundan so‘ng, mehmonlar xom-ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan ko‘p bosqichli ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. Shu maqsadda “Kompozit materiallar va qattiq qotishmaalar ishlab chiqarish” sexida qattiq qotishmalarning olinishi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi. Ushbu sexdagi Markaziy Osiyoda yagona deb hisoblangan Vakkumli pishirish pechi va uning ishlashi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishgan mehmonlarning ishlab chiqarishning modernizatsiyasiga berilayotgan e’tiboriga katta baho berishdi.
Tashrifning keying yo‘nalishi Birlashmaning “Tibbiy bo‘limi” da davom etdi. U yerda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida mehmonlarga ma’lumot berildi.
“Asbobsozlik va texnologik uskunalar ishlab chiqarish sexi” faoliyati ham mehmonlarga tanishtirildi. Ushbu sexning yo‘nalishi, undagi mavjud dastgohlar va ishlab chiqarish jarayonlari koʻzdan kechirildi.
Tashrif yakunida “Tajriba sanoat sexi” va uning ish faaoliyati haqida mehmonlarga ma’lumot berildi. Mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha birlashma mutaxassislariga yuzlanishdi. Xususan, “O‘zsuvta’minot” AJ xodimlari Birlashma ishlab chiqarish jarayoni uchun sarf etiladigan sanoat suvlari manbasi, texnologik zanjir yakunida iste’mol qilingan sanoat suvi neytrallnishi va uni yopiq zanjirli tizimda qayta qo‘llanish uchun jarayonning avvaliga qaytarilishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, Birlashma ishlab chiqarish sexlarida o‘rnatilgan gaz analiztorlari va ularning afzalliklari bo‘yicha toʻliq ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Axborot xizmati