"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 332022-yil 8-avgust kuni “CERT International” MCHJ tomonidan “Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga ISO 9001-2015 xalqaro sertifikati taqdim etilgan edi.
Joriy yilning 31-iyul sanasida “CERT International” MCHJ xodimlari tomonidan birlashmada ISO 9001-2015 xalqaro standarti bo’yicha auditorlik tekshiruvlari o’tkazildi. Tekshiruvlar mobaynida auditorlar tomonidan birlashma miqyosida ushbu standartni amaliyotga tadbiq etilishi yuqori darajada ekanligi ta’kidlab o’tildi. Bunday natijaga birlashmada faoliyat yuritayotgan xodimlarning samarali faoliyat yuritayotgani evaziga erishildi.
Bugungi kunda birlashmada ISO 9001-2015 xalqaro standarti talablari to’liq joriy etilgan bo’lib, belgilangan tartib-qoidalar asosida ishlab chiqarish tashkillashtirilgan.
Shu kunga qadar birlashma tomonidan ishlab chiqarilayotgan molibden va volfram briket va shtabiklari Kanada, Belgiya, Niderlandiya va Rossiya Federatsiyasi kabi bir qator davlatlarga muntazam ravishda eksport qilinmoqda.
Bu xalqaro sertifikatdan foydalanishni amalda saqlab qolish kombinat uchun bir qancha imkoniyat eshiklarini ochadi. Xususan, eksport geografiyasining kengayishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimiz sifatining dunyo miqyosida tan olinishi va mijozlarimizning mahsulotlarimizga bo’lgan qiziqish darajasini oshirish kabi bir qancha yutuqlar shular jumlasidan.
OKMK Axborot xizmati