• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Birlashma mehnat faxriylari e'zozda

29 Dekabr 2022, 9:31 1033

Nuroniylarni qadrlash va e'zozlash xalqimizga xos qadriyat desak mubolag‘a bo‘lmaydi. OKMK rahbariyati hamda O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari Kengashi Olmaliq hududiy filiali hamkorligida Yangi yil bayrami munosabati bilan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida qator tadbirlar tashkil etib kelinayapti.

Ana shunday tadbirlardan biri Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy birlashmasida uch avlod uchrashuvi tarzida bo‘lib o‘tdi.

79 nafar birlashma mehnat faxriysi ishtirok etgan tadbirda, ularning mehnat yo‘li e'tirof etildi. Nuroniylar yoshlarga o‘z hayotiy tajribalarini so‘zlab berishdi.

Tadbir davomida 75 nafar mehnat faxriysiga qimmatbaho sovg‘alar, 4 nafariga esa 500 ming so‘mdan moddiy yordam pullari tuhfa etildi.

Mehnat faxriylari bu kabi e'tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun holda o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Sherzod Ahmedov,

Birlashma kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech