• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Birlashma yillik eksport rejasini bajardi

12 Iyul 2023, 11:0 1141

Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi muddatidan avval eksport rejasini bajardi.

Birlashma mehnat jamoasi oldiga joriy yilda molibden va volfram metallari tayyor mahsulotining eksportini amalga oshirish bo‘yicha 29 050 000 dollarlik vazifa qo‘yilgan edi.

Mehnat jamoasining texnologik ishlab chiqarish rejimiga qat'iy amal qilishi va ishga bo‘lgan oqilona yondashuv natijasida 29 401,09 ming dollarlik mahsulot eksport qilinishiga erishildi. Va yillik reja muddatidan avval bugun 101,2% bajarildi.

Birlashma mehnat jamoasini ushbu muvaffaqiyatlari bilan qutlab qolamiz.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech