• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Birlashmada eksport rejasi 5,9 baravar oshig‘i bilan bajarildi

11 Mart 2022, 14:16 1231

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibidagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan 2022-yil yanvar-fevral holatiga ko‘ra, yuqori mehnat samaradorligi qayd etildi.

Jumladan, o‘tgan ikki oyda bashorat ko‘rsatkichi bo‘yicha 38,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi belgilangan edi. Marrani yuqori olgan birlashma mehnat jamoasi esa 61,9 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan holda rejaviy vazifa 160,8%ga uddalanganini alohida ta'kidlash joiz.

Shuningdek, birlashma mehnat jamoasi tomonidan yana bir diqqat molik natija qayd etildi. Reja bo‘yicha 1,1 mln dollarlik mahsulot eksport qilinishi belgilangan edi. Amalda esa 6,3 mln dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, reja 5,9 baravar oshig‘i bilan bajarildi.

Asosiy ishlab chiqariladigan mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak, 178,1 tonna molibden 3 oksidi ishlab chiqarilib, reja 107,7%ga bajarilgan.

115,9 tonna molibden shtabigi va briketi tayyorlanib, reja 106,7%ga ado etilgan. 177,3 tonna olovbardoshli keramik buyumlar ishlab chiqarilib, reja 136%ga uddalangan.

Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish evaziga 80,7 tona molibden metali tayyorlanib, reja 104%ga bajarilgan.

Bundan tashqari, birlashmada mahalliylashtirish dasturi doirasida ham salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Dastur doirasida o‘tgan ikki oyda 31ta loyiha bo‘yicha 12,768 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishga erishilgan.

Ma'lumot o‘rnida shuni aytish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi” farmoni ijrosi bo‘yicha 2022 – 2024 yillarga mo‘ljallangan “Olmaliq KMK” AJ “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi”ni rivojlantirish va yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish dasturi ishlab chiqildi. Dasturga muvofiq, mazkur korxonada 4 ta yo‘nalish bo‘yicha jami qiymati 61,52 mln dollar bo‘lgan 30 ta loyihalar amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

 OKMK Axborot xizmat

Bo`lishmoq:
Text to speech