Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Kuni kecha Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida "Portlash-yonish xavfi mavjud obyektlarda avariyalar yuz berganida avariya-qutqaruv va kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni tashkil qilish va amalga oshirish" mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Tadbirda Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi bilan kelishilgan holda oʻquv-mashgʻulotini oʻtkazish boʻyicha tegishli rejalar ishlab chiqildi.
Rejaga asosan, shartli ravishda yer silkinishi oqibatida birlashmaning vodorod-kislorod uchastkasida elektroliz zalining tom qismidagi metallokonstruktsiya elektrolizer qurilmasining ustiga tushib ketadi. Oqibatda qurilmaga shikast etib, ushbu qurilma atrofida ishlayotgan ishchi jabrlanadi. Shuningdek, zilzila vaqtida elektr simlar bir-biriga tegishi natijasida qisqa tutashuv sodir boʻlib, transformatorda yongʻin kelib chiqadi.
Oʻquv mashgʻuloti, ushbu favqulodda holat boʻyicha ma’lumotni dispetcher favqulodda holatlarda xabar berish rejasi asosida mas’ul rahbarlar va avariya qutqaruv guruhlariga xabarni yetkazilishi bilan boshlandi.
Hodisa joyiga birlashmaning mas’ul rahbarlari, fuqaro tuzilmalari, Chirchiq shahar FV boʻlimining tezkor boʻlinma boshligʻi boshchiligida 1 ta yongʻin oʻchirish avtomashinasi, 6 nafar shaxsiy tarkibi va Chirchiq shahargaz boʻlinmasining 1 ta maxsus avtomashinasi 3 nafar xodimi bilan yetib keldi. Va avariya qutqaruv shtabi tashkil etilib, tezkor yigʻilish oʻtkazildi. Unda xizmatlarga yuzaga kelgan vaziyat boʻyicha FM boshligʻining qarori oʻqib eshitirilib, tegishli vazifalar belgilandi.
Avariya sodir boʻlgan hududga "Xavfli hudud" belgilari oʻrnatilib, fuqaro tuzilmasining jamoat tartibini saqlash guruhi hodisa joyini oʻrab, hududga kirib-chiqish rejimi nazoratini kuchaytirdi.
Razvedka guruhi hodisa joyini oʻrganib, holat boʻyicha shtab boshligʻiga ma’lumot berdi. Elektr-ta’mirlash guruhi binoni elektr ta’minotidan uzdi. Evakuatsiya guruhi binodagi mavjud ishchi-xodimlarni xavfsiz hududga koʻchirdi. Qutqaruv guruhi jaronatlangan ishchini xavfsiz hududga olib chiqishdi. Sanitar va tez tibbiy yordam koʻrsatish guruhi tomonidan jabirlanganga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilidi.
Oʻt oʻchirish guruhi transformatordagi yongʻinni bartaraf etdi. Avariya-texnik guruhi avariyani bartaraf etib, zarar yetgan elektroliz qurilmasi va transformatorni ishga tushirdi. Shartli ravishdagi avariya fuqaro mihofazasi tomonidan bartaraf etildi.
Maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotiga tayyor bahosi qoʻyildi.
Sunnatillo Erbutayev,
Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish
ilmiy ishlab chiqarish birlashma direktorining xavfsizlik masalalari boʻyicha maslahatchisi