• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Birlashmada oshxona foydalanishga topshirildi

09 Dekabr 2022, 8:48 672

Qulay va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, ishchi-xodimlarning ijtimoiy himoyasini ta'minlash Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida doimo ustuvor vazifa bo‘lib kelgan. Yaratilgan sharoitlar albatta ishlab chiqarish unumdorligining asosiy omili bo‘lishi shubhasiz.

So‘zlarimizning amaldagi ifodasini Chirchiq shahrida joylashgan, kombinat tarkibiy bo‘linmasi sanalgan Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ishchi-xodimlari uchun rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan oshxona misolida ko‘rsak bo‘ladi.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 30 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan oshxona ishchi-xodimlarga o‘ziga xos bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Qisqa fursat ichida birlashmaning o‘z kuchi hamda “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan zamonaviy qiyofaga keltirilgan oshxona 150 o‘ringa mo‘ljallangan.

Qobil Tulyaganov,

Birlashma direktorining

xodimlar va umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari

Bo`lishmoq:
Text to speech