Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida kiberxavfsizlik va jinoyatchiliklarga qarshi kurashish bo‘yicha ishchi-xodimlar ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Ichki ishlar vazirligi 1-sonli IIB Tergov bo‘linmasi boshlig‘i Q.Nazirov, birlashmaning xavfsizlik masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi S.Erbutayevlar ishtirok etishdi.
Tadbirda bir qator masalalar muhokama etildi. Jumladan, "Huquqbuzarliklar profilaktikasi” kuni munosabati bilan korxonada huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, kiberxavfsizlik - internetdagi azart qimor o‘yinlarining salbiy oqibatlari haqid so‘z bordi.
Shuningdek, mutasaddilar ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan bir qator masalalar - diniy bag‘rikenglik, diniy ekstremizm, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish, ajrimlar, o‘g‘irlik, korupsiya va turli jinoyatchiliklarni oldini olish va ishchi-xodimlarning mas'uliyatini yanada oshirish kabi dolzarb masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilishda mas'ullar jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning sabablari va oqibatlari, yoshlar orasida sodir etilayotgan bunday nohush holatlarni oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishdi.
Axborot xizmati