• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Birlashmada sanoat ekskursiyasi

18 Aprel 2022, 9:9 1413

Kuni kecha Toshkent kimyo-texnologiya instituti silikat materiallar, noyob va kamyob metallar texnologiyasi  kafedrasining 3-bosqich talabalari uchun sanoat ekskursiyasi tashkil etildi.

OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga tashkil etilgan sanoat eskursiyasi davomida talabalar korxonadagi texnologik ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar.

Qattiq qotishmalar va nodir metallar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni qanday tayyorlanishi haqida mutaxassislardan to‘liq ma'lumot olishdi.

Shuningdek, birlashmadagi kutubxona faoliyati haqida ham talabalarga batafsil tushuntirib o‘tildi.

Saodat Tulebayeva,

O‘quv markazi ishlab chiqarish ta'lim ustasi

Bo`lishmoq:
Text to speech