• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Birlashmada uch avlod uchrashuvi

22 Avgust 2023, 9:4 427

Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy birlashmada mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirda korxonada uzoq yillar ishlab hozirda nafaqada bo‘lgan mehnat fahriylari, ularning shogirdlari va yoshlar ishtirok etishdi.

Dastlab korxonaning tashkil topishi va hozirgi kunda erishgan yutuqlari aks etgan videolavha taqdim etildi.

So‘ngra, nafaqadagi mehnat fahriylari Aleksandra Yulinova va Kashifiya Korjenkolar so‘zga chiqib korxonaning tashkil topishi va o‘sha davrdagi texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish quvvatlari haqida so‘zlab berishdi.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sherzod Axmedov va yoshlar ittifoqi raisi Nurbek Xayrullayevlar so‘z olib, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar va kafolatlar, yoshlar korxonaning poydevori va kelajagi ekanligini ta'kidlab o‘tishdi.

Tadbir so‘ngida faxriylarga esdalik sovg‘alar va guldastalar ulashildi.

Bunday e'tibor va g‘amho‘rlikdan mamnun bo‘lgan faxriylar yoshlarga va korxonaga ulkan zafarlar va shunday tadbirlarni tez-tez o‘tkazilishini tilab qolishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech