• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Birlashmada xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi

01 Fevral 2024, 9:13 535

Kuni kecha OKMK Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashi a'zolari Chirchiq shahridagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy birlashmasida bo‘lishib, xotin-qizlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashining 2023-yilgi faoliyati o‘rganilib, joriy yil uchun belgilangan reja va vazifalar bilan tanishildi.

Shuningdek, birlashmada mehnat qilayotgan xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, ular bilan suhbatlar olib borildi.

Kengash a'zolariga e'tiboriga birlashma Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha maslahat kengashining 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti havola etilib, hisobot ijobiy baholandi.

Kengash a'zolari tomonidan birlashma Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashi mas'ullariga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Ma'lumot uchun: Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida bugungi kunda 930 nafardan ziyod ishchi-xodimlari faoliyat olib borishmoqda. Ularning 342 nafarini ayollar tashkil etadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech