"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Avval xabar berilganidek, joriy yilning 23-mart kuni Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasining 2023-yil uchun oliy ma'lumotli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida Toshkent davlat transport universitetida bu yil oliygohni tamomlaydigan (bakalavr, magistr) bitiruvchilar uchun sinov jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga qabul qilish uchun tashkil etilgan sinov jarayonini STTB va O‘quv markazi mutaxassislari hamda ma'sullari olib borishdi.
Qabul komissiyasi tomonidan ehtiyoj mavjud bo‘lgan “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish”, “Elektrotexnika, elektromexanika, elektrotexnologiya”, “Tashish va transport logistikasini tashkil etish (transport turlari bo‘yicha)”, “Yer usti transport tizimlari va ularning ishlashi (transport turlari bo‘yicha)”, “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)” kabi yo‘nalishlarni tamomlaydigan bitiruvchilardan imtihon olindi.
Imtihon sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalarga bo‘sh ish o‘rinlariga kirishlari uchun tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati