• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!

31 Yanvar 2024, 9:21 760

Ma'lumki, ayni kunlarda "Olmaliq KMK" Ma'naviyat va ma'rifat kengashi tashabbusi bilan barcha tarkibiy bo‘linmalarida "Tilda, fikrda, ishda birlik" shiori ostida “Ma'naviyat soatlari” tashkil etilmoqda.

Navbatdagi “Ma'naviyat soati” joriy yilning 30-yanvar kuni OKMK Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi tasarrufidagi yotoqxonada o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston qahramoni Saydali Rahmonov, Oqila ayollar harakati sardori Marhamat Yo‘ldoshxodjayeva hamda kombinat Ma'naviyat va ma'rifat kengashi a'zolari va yosh ijodkorlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan tobora tashqi kuchlar tomonidan turli xavf-xatarlar, tahdilar ortib borayotgan davrda taraqqiy etib borayotgan yurtimiz mustaqilligini asrab-avaylash, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni yot oqimlar ta'siridan himoya qilish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, OKMK rahbariyati tashabbusi bilan yotoqxonada ma'naviyat burchagi, mo‘'jaz kutubxona tashkil etilib, yashovchilar foydalanishi uchun kitoblar hadya etildi.

Tadbirda kombinat yosh ijodkorlari Botir Mirzo, Sitorabonuning she'rlari tinglandi.

Bundan tashqari, OKMK boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Azamat Mavlonov "Yoshlar uchun ming kitob" platformasidan foydalanish bo‘yicha taqdimot qildi.

Ma'lumot uchun: bugungi kunda ushbu turar joy majmuasida 400dan ziyod kombinat ishchi-xodimlari, yosh oilalar, mutaxassislar, ayollar istiqomat qilib kelmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech