• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Biz kelajak uchun javobgarmiz!

12 Aprel 2022, 10:54 1557

Taraqqiyot strategiyasida belgilangan “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash” maqsadi doirasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilishi yuzasidan  Olmaliq shahri misolida “Biz kelajak uchun javobgarmiz!” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining deputati N.Aminov, O‘zbekiston Ekologiya partiyasi Toshkent viloyati partiya tashkiloti Kengashi raisi F.Ahmedjanov, Olmaliq shahar hokimi Q.Hamdamov shahar korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Olmaliq shahar hokimi Q.Hamdamov qarovsiz bo‘lib yotgan “Olmaliqsoy” MFY hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha yangi barpo etilayotgan xiyobon hamda kelajakda rejalashtirilgan ishlar bilan mehmonlarni tanishtirib o‘tdi.

Shuningdek, loyiha doirasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha OKMK Ijtimoiy bo‘lim boshlig‘i B.Salimov hisobot berib, kombinat tomonidan tashkil etilgan ekobog‘ga hozirgi kunda ispan atirgullarini ekish jarayoni ketayotganini ta'kidladi.

Sanoat hududida tashkil etilgan ekobog‘ga tashrif buyurgan O‘zbekiston Ekologiya partiyasi Toshkent viloyati partiya tashkiloti Kengashi raisi F.Ahmedjanov bog‘dagi ko‘chatlarni to‘g‘ri parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalarini ham  berib o‘tdi.

D.Yunusov,

O‘zbekiston Ekologiya partiyasi Olmaliq shahar partiya tashkiloti raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech