• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Biz tazyiq va zo‘ravonlikka qarshimiz!

15 Dekabr 2022, 11:1 1372

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e'lon qilingan 25-noyabr – «Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni» munosabati bilan «Zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz» shiori ostida o‘tkazilayotgan «Ayol-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar» doirasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bir qator tadbirlar tashkil etildi.

Ana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 9-dekabr kuni Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasining “Temiryo‘lchilar” madaniyat saroyida o‘tkazildi.

OKMK tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan 30 yoshgacha ayollardan tarkib topgan 18 ta jamoa o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini boʻlib oʻtdi.

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan tashkil etilgan o‘yinda g‘oliblikni Mis boyitish fabrikasi jamoasi egalladi.

Ikkinchi o‘rin esa Mis eritish zavodi jamoasiga nasib etdi.

Tadbir mezbonlari uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Har bir jamoaga qimmatbaho sovg‘alar tuhfa etildi.

Viloyat Davletova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining

xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech