• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Bizga bildirilgan ishonchni oqlaymiz

05 Fevral 2024, 8:53 169

Munosabat

Barchamizga ma'lumki O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish yo‘lida yuqori natijalarga erishmoqda.

2030-yilgacha mamlakatimiz iqtisodiyoti hajmini 2 barobar oshirish maqsad qilingan. Ushbu vazifani bajarishda yirik ishlab chiqarish korxonalari "Olmaliq KMK", "Navoiy KMK", "O‘zbekiston metallurgiya kombinati" hamda "Navoiyuran" kabi gigantlarning salmog‘i sezilarli.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham yildan yilga ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish bilan bir qatorda yangi kon, fabrika va zavod qurilishi jadal sur'atlarda davom ettirmoqda.

Ayniqsa, so‘nggi yillarda Mis boyitish fabrikasida parallel ravishda amalga oshirilgan bir qator rekonstruksiya ishlari, zamonaviy texnologiyalar tadbiq qilinishiga qaramay, belgilangan rejaviy ko‘rsatkichlar muddatidan avval bajarilishiga erishildi.

Vatan ravnaqi, yurt sha'ni uchun mehnat qilayotgan Mis boyitish fabrikasining ahil jamoasi 2024-yilda 40,3 million tonna ma'danni qayta ishlash kabi ulkan marrani zabt etishga kirishdi.

Yetuk malakali kadrlarimiz mahsulotni qayta ishlash,tannarxini kamaytirish, konsentrat sifatini yaxshilash, ish unumdorligini oshirish borasida bir qator takliflari bilan ushbu rejaviy ko‘rsatkichni bajarishida o‘z bilimlarini ishga solib mehnat qiladi. Yurtboshimiz tomonidan bizga bildirilgan ishonchni o‘zimizga ulkan mas'uliyat sifatida qabul qilib faoliyat yuritishda davom etamiz.

Ravshan Sidiqov,

Mis boyitish fabrikasi direktori

 

Bo`lishmoq:
Text to speech