• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Bizga bildirilgan yuksak e'tibor va ishonchni albatta oqlaymiz!

06 Fevral 2024, 16:34 412

Munosabat

Ma'lumki, joriy yilning 1-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev metallurgiya korxonalarini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimoti bilan tanishdi.

Prezidentimizning tashabbuslari bilan 2030-yilgacha mamlakatimiz iqtisodiyoti hajmini 2 barobar oshirish maqsad qilingan. OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov ushbu taqdimotda belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda 2024-yilda kombinat mehnat jamoasi tomonidan mis ishlab chiqarishni 170 ming tonnaga yetkazishni, davlatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlashda barcha birdek mas'ul ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Maqsadlar ulkan. Bunday ulug‘vor rejalar, innovasion yuksalishga tayangan davlat barpo qilishda bosh islohotchi bo‘lgan yurtboshimiz avvalo o‘z xalqiga, demakki, sizu-bizga ishonmoqda. 

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish o‘z navbatida bir qator innovasion yechimlar, ilg‘or texnologiyalarga asoslanadi. 

2-Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasi ham mis-molibden konsentratini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, yurtimizni jahon miqyosidagi o‘rnini yuksaltirish yo‘lida ilg‘or tajriba va zamonaviy yondashuvga tayanib, astoydil mehnat qilib, yurtboshimiz bildirgan ishonchni oqlashni oldimizdagi ulkan mas'uliyat va oliy maqsad deb bilamiz.

Kombinat rahbariyati tomonidan 2024-yilda 2-Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni mas'uliyatni his etgan holda bajarishga tayyormiz.

Hasan Miraxmedov,

2-MBF direktori

Bo`lishmoq:
Text to speech