• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professor oʻqituvchilari, tinglovchilari OKMKda

15 Noyabr 2023, 14:29 388

Joriy yilning 13 noyabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professor oʻqituvchilari, tinglovchilari va Germaniyaning Aalen universiteti professori, loyiha boshqaruvi sohasi eksperti Ulrix Xolsbaurdan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. 

Ma’lumot uchun: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Germaniyaning Senior Experten Service GmbH(SES) tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatishgan. Ushbu hamkorlik doirasida Ulrix Xolsbaur tomonidan oliy maktabda loyiha boshqaruvi eksperti sifatida nazariy mashgʻulotlar, seminarlar va master klasslar oʻtiladi.

Mehmonlarga OKMK Bosh muhandisining texnologiya boʻyicha oʻrinbosari Abduqahhor Saynazarov va Investitsiya boʻlimi mutaxassisi Shahnoza Abdullaevalar tomonidan kombinatda amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalari haqida ma’lumotlar berilib, taqdimot ham oʻtkazildi.

Shuningdek, Ulrix Xolsbaurning ham loyiha boshqaruvi boʻyicha taqdimoti tinglandi. 

Mehmonlar Olmaliq shahri hududining tarixiga oid arxeologik muzey va kombinat tarixi muzeyi bilan tanishishdi.

Tashrif davomida mehmonlar Qalmoqqir konidagi texnologik ishlab chiqarish jarayonini ham koʻzdan kechirishdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professor oʻqituvchilari bilan OKMK xodimlarini malakasini oshirish boʻyicha ham muzokaralar olib borildi.

Ma’lumot uchun: oliy maktab Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga zarur boʻlgan boshqaruv kadrlari, shu jumladan oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlaydi. 

Shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlik, raqamli iqtisodiyot, menejment kabi talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha magistrlar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ham oliy maktabda tayyorlanadi.

Biznesni boshqarish, Global menejment, Loyiha boshqaruvi kabi magistratura mutaxassisliklari boʻyicha ham ta’lim beriladi.

Muxlisa Saydalieva,

OKMK Oʻquv markazi

Ishlab chiqarish ta’lim ustasi

 

Bo`lishmoq:
Text to speech