• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Bo‘lajak geologlar kombinatda

12 Sentyabr 2022, 14:23 652

OKMK O‘quv markazi hamda Geologiya fanlari universiteti hamkorligida mazkur oliygohning 1-bosqich talabalari uchun kombinatda tanishuv amaliyoti tashkil etildi.

Tanishuv amaliyoti davomida talabalar kombinat muzeyi bilan tanishishdi. Shuningdek, bo‘lajak geologlarga kombinat faoliyatiga oid videolavha namoyish etildi.

Kombinat texnologik ishlab chiqarish zanjirida boshlang‘icha nuqta bo‘lgan Qalmoqqir koni va undagi jarayon talabalarga katta taassurot qoldirdi.

Shu kuni bo‘lajak geologlar kombinat haqida boy tasavvurga ega bo‘ldi.

Baxtiyor Niyazmetov,

O‘quv markazi yetakchi mutaxassisi

Bo`lishmoq:
Text to speech